AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga yana 4 ming harbiy xizmatchini yuborishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Kun.uz nashri Fox News telekanali manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan barqarorlashtirishga urinayotgan Amerikaning uchinchi etakchisi bo‘ladi.
Donald Tramp shu munosabat bilan Toshkent vaqti 6:00 da millatga murojaat qildi.
Unda Oq uy etakchisi Amerikaning Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan askarlari vakolatlarini kengaytirish terrorizmga samarali kurashda muhimligi haqida so‘z yuritdi.
«Biz Afg‘onistonda zo‘ravonlik va tartibsizliklar urug‘ini sochayotgan terrorchilar va jinoiy to‘dalarga zarba berish uchun Amerika qurolli kuchlari vakolatlarini kengaytiramiz», — degan Tramp.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish bo‘shliq hosil qiladi. Bundan terrorchilar unumli foydalanishadi.
AQSh davlat rahbari, shuningdek, Pokistonni terrorchilarga boshpana berayotganlikda aybladi, deb yozmoqda RIA Novosti.
«Pokiston tartibsizlik, zo‘ravonlik va terror agentlariga tez-tez boshpana bermoqda», — degan Amerika etakchisi telemurojaatida.
Bunda, Trampning ta’kidlashicha, Islomobod siyosati tahdid uyg‘otmoqda, chunki Hindiston va Pokiston «yadro quroliga ega davlatlar hisoblanadi va ularning munosabatlari mojaro darajasigacha rivojlanish ehtimoli bor». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)