Shimoliy Koreya AQShning Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javobi aks etgan videosini taqdim etdi. YonhapNews shu haqidagi ma’lumoti bilan bo‘lishdi.
Videoda Shimoliy Koreyaning «Xvasong-12» raketasi Guam oroliga zarba berayotgani aks etgan. Titrlarda amerikaliklar endi raketalar qachon ishga tushishini kutib, kunu tun uxlamasdan, "ko‘zlarini keng ochib, quloqlarini ding qilib" yashashlari kerakligi ifodalangan.
Rolikda Amerikaning etakchi siyosatchilarini ko‘rish mumkin - prezident Donald Tramp qabristonga qarab turibdi, vise-prezident Mayk Pens gulxan qa’rida tasvirlangan, mudofaa vaziri Jeyms Mettis "ikki karra o‘ylab ko‘rish"ga chaqiruvchi yozuvlar fonida ko‘rsatilgan.
Mazkur video KXDRning 17,5 ming AQSh harbiysi va 50 ming Janubiy Koreya askari ishtirok etayotgan "Ulchi - ozodlik himoyachisi" qo‘shma mashg‘ulotlariga javob reaksiyasi bo‘ldi. Koreyaning Markaziy telegraf agentligi AQShning "Pxenyan hech qanday qaror qabul qilmaydi" deb o‘ylashi noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi