17:12 / 28.08.2017
5 413

«Xarvi» to‘foni Amerikaning Texas shtatini deyarli vayronaga aylantirdi…

«Xarvi» to‘foni Amerikaning Texas shtatini deyarli vayronaga aylantirdi…
Ayniqsa, Xyuston shahrida ahvol juda jiddiy ekani haqida xabar tarqatilgan. Shahar meri Silvester Ternerning gapiga ko‘ra, hozirga qadar uch ming nafarga yaqin odam xavfsiz joylarga ko‘chirish haqida yordam so‘rab murojaat etgan.

Xyustonda yashovchi 70 mingdan ziyod odam elektr quvvatisiz qoldi. Texas bo‘yicha hisoblaganda, elektr quvvatidan mahrum bo‘lganlar soni 300 mingdan oshib ketgan. Ayniqsa, shtatdagi qariyalar uyida yashaydigan keksa onaxon va otaxonlarga juda qiyin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi o‘rnidan tura olmas, to‘shakda yotib qolgan holatdaligi yetmagandek, suv toshqinlari qariyalar yotgan xonalargacha bostirib kirgan.

Keksalar shu taxlit tomog‘iga qadar suvga botgan holda yotishga, qutqaruvchilar kelishini kutishga majbur bo‘lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, shamolning tezligi soatiga 70 kilometrgacha yetgan. Bu holat yana bir hafta saqlanib qolishi haqida fuqarolarga ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2005 yili paydo bo‘lgan to‘fon Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahrini o‘z domiga tortgandi. Darvoqe, Texasda to‘fon tufayli 7 kishi halok bo‘lgan, o‘n nafarga yaqin odam bedarak yo‘qolgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Xarvi» to‘foni Amerikaning Texas shtatini deyarli vayronaga aylantirdi…