Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridan bo‘lgan Mariya Dapirka Vetnam bojxonachilari tomonidan chamadonidagi 2,7 kilogramm giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingan edi.
Giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun Vetnam qonunchiligiga asosan o‘lim jazosiga hukm qilinadigan qiz onasiga vidolashuv maktubini bitdi.
“Onajon, men uchun siqilmang. Men yaxshiman, shu bilan birga hamma narsaga tayyorman. Ko‘rgani kelishingizga umid qilaman. Sizni ko‘rmaganimga ham to‘rt yil bo‘ldi, judayam sog‘indim. Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling…”, deyilgan maktubda.
Mariya Deparkaning sudi bugun, 30 avgust kuni Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Asli rossiyalik bo‘lgan Mariya Deparka 2014 yilda Vetnam bojxonachilari tomonidan 2,7 kilogramm giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingandan beri qamoqda saqlanayotgani haqida Darakchi.uz ma’lumot berdi.
Qizning aytishicha, topilgan giyohvandlik moddasiga uning hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Mazkur giyohvandlik moddasi Mariyaning Tailandda tanishgan, nigeriyalik sevgan yigitiga tegishli bo‘lgan. Yigit uni Braziliya bo‘ylab, romantik sayohatga taklif qilgan va oldindan giyohvandlik moddasi yashirilgan chamadonni sovg‘a qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda