Ularning ta’kidlashicha, Rossiya xuddi shunday qurolga ega va atayin ushbu to‘fonni Amerika qit’asiga yuborgan. Natijada Xyuston shahri suv ostida qolib ketgan. Ko‘plab qurbonlar borligini dunyo ko‘rib turibdi. Bundan tashqari, o‘nlab odamlar og‘ir jarohat oldi, minglab fuqarolar boshpanasiz qoldi, juda ko‘pchilik bedarak yo‘qoldi. Rossiya aynan shunday bo‘lishini istagan va niyatiga yetdi.
Xyustonni suv bosgach, tashlab ketilgan uylarni o‘g‘ri bosgan. Ular qo‘lga ilinadigan qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishni boshlashgan. Shu sababli shahar rahbarlari bu yerda komendantlik soati e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Pensilvaniya universitetining mashhur iqlimshunos olimi Gabriel Konnors Texasdagi bu ofatlar iqlim bilan bog‘liq maxsus qurol yordamida yuborilganini aytdi. Yana olim Rossiyaning ixtiyorida suv toshqinlari, kuchli yer silkinishlarini keltirib chiqarishga qodir kuchli texnologiya mavjudligini ta’kidladi.
— Men shaxsan Rossiya rahbaridan eshitganman, — dedi olim. — U fazoda va okean, dengizlar tubida xuddi shunday qurollar jangovar holatda turishini alohida ta’kidlab o‘tgan. Mana, bu amalda isbotlanib turibdi. Rossiyaliklar qachonlardir sobiq sovet davlati rahbarlari boshlagan ishni oxiriga yetkazib, iqlimni tubdan o‘zgartira oluvchi, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan ofatlarni insoniyat boshiga yog‘diruvchi qurolni taxt qilib qo‘yishdi.
Olimning fikrlarini Angliyadagi ob-havo masalalari bilan shug‘ullanishga asoslangan qirollik markazi mutaxassisi Jennifer Makkloski ham tasdiqladi. Uning fikriga ko‘ra, sentyabrda tashkil etilishi mo‘ljallangan «G‘arb-2017» harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bilan «Xarvi» to‘foni o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik bor. Bu mashg‘ulotlar Rossiya va Belorussiya harbiylari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
— Rossiyada «Toshqin» deb nomlangan jangovar qurol bor, — dedi Makkloski. — Bu qurolga bekorga «Toshqin» deb nom berilmagan. Rossiya qo‘shinlari meteorologik qurolga egaki, bu qurol ommaviy qirg‘inlar maqsadlarida ishlatiladi. «Toshqin» dunyoning istalgan burchagidagi aholiga ommaviy qirg‘in keltira oladi. Ammo Rossiya bu qurolni Amerikaga qarshi qo‘llashga qo‘lladi-yu, hoynahoy qurol pand berib buzilib qoldi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Amerikada ommaviy qirg‘in holati kuzatilmadi. Men ishonch bilan ayta olamanki, Rossiyaning bu meteorologik quroli hatto samoda yangi «qora tuynuk»larni ham paydo qila oladi.
Rossiya tarafi bu fikrlarga nisbatan hozircha javob yo‘llamadi.
Yo‘llamasa ham ajab emas.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar