11:12 / 09.09.2017
5 721

Turkiya prezidenti Ostona xalqaro aeroportida kutib olindi

Turkiya prezidenti Ostona xalqaro aeroportida kutib olindi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Inform.kz” nashri xabar bermoqda.

Turkiya prezidentini Qozog‘iston hukumati vakillari Ostona xalqaro aeroportida kutib oldi.

Shuningdek, Rajab Toyib Erdo‘g‘anga tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, Oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fatima Betyul, Turkiya Bosh vazir o‘rinbosari Hoqon Chovusho‘g‘lu, Iqtisodiyot vaziri Nehat Zeibekchi, Fan, ishlab chiqarish va texnika vaziri Faruq O‘zlu tashrif chog‘ida hamrohlik qilishmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9–10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirzyoyev ham ishtirok etadi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti Ostona xalqaro aeroportida kutib olindi