02:41 / 11.09.2017
7 858

Internetda Putinning pasporti sahifasi surati paydo bo‘ldi

Internetda Putinning pasporti sahifasi surati paydo bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning pasportidagi asosiy sahifa surati uning saytida chop etildi. Bu surat Putin Moskvada mahalliy saylovlarda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga tashrif buyurgan vaqtda olingan.

Suratdan Putinning pasportini saylov komissiyasi xodimlaridan biri qo‘lida ushlab turganini ko‘rish mumkin. Suratda pasportdagi ma’lumotlarni o‘qib bo‘lmaydi, biroq unda barcha zarur maydonlar to‘lg‘azilgani, surat joylashtiriladigan qismida esa Putinning oq-qora surati turganini ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, Putin Rossiya Fanlar akademiyasi binosidagi 2151-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internetda Putinning pasporti sahifasi surati paydo bo‘ldi