AQSh prezidenti Donald Tramp 1 oktyabrdan 45 ming qochqin qabul qilinishi kvotasini tasdiqladi. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson nomiga yuborilgan memorandumda kvotalar hududlar bo‘yicha taqsimlangan, biroq davlat departamenti zarurat bo‘lganda bo‘sh qolib ketgan kvotalarni bir hududdan boshqasiga berishi mumkin.
Kvotalar AQShga Afrikadan 19 ming, Sharqiy Osiyodan 5 ming va Yevropa hamda Markaziy Osiyodan 2 ming qochqinning kiritilishini nazarda tutadi. Hujjatda, shuningdek, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlaridan 1,5 minggacha va Yaqin Sharq hamda Janubiy Osiyodan 17,5 minggacha qochqinni qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Donald Tramp noqonuniy muhojirlar muammosini hal qilish uning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini bir necha marotaba takrorlagan. U bildirgan tashabbuslar orsida Meksika bilan chegarada devor qurish, Green Card lotereyasini bekor qilish va yosh muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini tugatish kabilar bor.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"