date

Uzluksiz o‘t ochilgan. Las-Vegasdagi otishma videolari paydo bo‘ldi (Video)

Uzluksiz o‘t ochilgan. Las-Vegasdagi otishma videolari paydo bo‘ldi (Video)
20dan ortiq kishi o‘limi va 100dan ortiq kishi jarohatlanishi bilan tugagan Las-Vegasdagi otishmaga oid videolar tarqaldi.

Las-Vegasdagi «Mandalay Bey» kazinosi oldida bo‘lib o‘tayotgan kantri-festival vaqtida noma’lum shaxs binolardan biri balkonida turib, pastdagilarni o‘qqa tutgan deyiladi Kun.uz berayotgan xabarda.

Bu holat tasvirlangan videoda odamlar jon saqlash uchun festival hududidan qochib borayotganini ko‘rish mumkin.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, otishma boshlagan shaxs politsiyachilar tomonidan otib tashlangan.Ayni vaqtda uning ehtimoliy sheriklari qidirilmoqda.

Las-Vegas aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Uzluksiz o‘t ochilgan. Las-Vegasdagi otishma videolari paydo bo‘ldi (Video)