12:05 / 06.10.2017
6 672

Myanmada rohinja musulmonlariga qarshi chiqqan go‘zallik tanlovi g‘olibasi unvonidan ayrildi

Myanmada rohinja musulmonlariga qarshi chiqqan go‘zallik tanlovi g‘olibasi unvonidan ayrildi
Myanma go‘zallik tanlovining 19 yoshli g‘olibasi Shvi In Si rohinja musulmon-jangarilarini terror va zo‘ravonlikda ayblaganidan so‘ng unvonidan ayrilganini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

O‘tgan haftada Shvi In Si o‘zining «Facebook» dagi sahifasida rohinja jangarilari «begunoh fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilayotgani» haqida so‘zlagani aks etgan rolikni joylashtirgan edi.

Go‘zallik tanlovi tashkilotchilari Shvidan tojni olib qo‘yganini tasdiqlagan, biroq bu holatning videorolik bilan bog‘liqligini rad etmoqda.

Go‘yoki Shvi In Si o‘zini tanlov ishtirokchilariga xos bo‘lmagan tarzda tutib, u bilan tuzilgan shartnomani buzgan.

Xususan, u oliy ma’lumoti borligini isbotlovchi hujjatni taqdim etishdan bosh tortgan va Vetnamga rejalashtirilgan safarga tayyorgarlik ko‘rmagan.

Rohinja musulmonlari yashaydigan Myanma g‘arbida joylashgan Rakxayn viloyatidagi vaziyat 25 avgust kuni «Arakan rohinjalarini qutqarish armiyasi» harakatining yuzlab jangarilari politsiyaning 30 ta tayanch punktiga hujum qilganidan so‘ng keskinlashgan edi.

Hududdagi zo‘ravonliklar tufayli 414 kishi halok bo‘ldi, qo‘shni Bangladesh Respublikasi esa 500 ming nafar qochoq-rohinjalarni qabul qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Myanmada rohinja musulmonlariga qarshi chiqqan go‘zallik tanlovi g‘olibasi unvonidan ayrildi