Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi "Mekenchil" siyosiy partiyasi a’zosi Melis Aspekovni hibsga oldi. U 15 oktyabrga belgilangan prezidentlik saylovidan so‘ng, respublika hokimiyatini egallab olishni tashkil etishga urinishda gumon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Kun.uz MXDQ matbuot xizmatiga asoslangan holda.
Xabar qilinishicha, bir hafta avval Bishkekda "Kirg‘iziston" partiyasi yetakchisi, mamlakat parlamenti deputati Kanatbek Isayev qo‘lga olingan edi. Parlament a’zosi 15 oktyabr kuniga belgilangan prezidentlik saylovida nomzod Omurbek Babanov mag‘lub bo‘lgudek bo‘lsa, hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.
"MXDQ deputat Isayevga nisbatan jinoiy ish doirasida olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari chog‘ida "Mekenchil" partiyasi a’zosi Melis Aspekovni qamoqqa oldi. Aspekov prezidentlik saylovi natijasi e’lon qilinganidan so‘ng mamlakat hokimiyatini egallab olish maqsadida ayrim fuqarolar bilan til biriktirgan holda ma’lum bir shaxslardan iborat guruh manfaatlari yo‘lida harakat qilgan. Aspekov Isayev va "Respublika" partiyasining ayrim tarafdorlari bilan hamkorlik qilib, prezidentlik saylovi va undan keyin tartibsizliklarda ishtirok etish uchun tarafdorlarni to‘plashga uringan", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu ish yuzasidan “ommaviy tartibsizliklarni tayyorlash” va “davlat hokimiyatini kuch bilan egallab olishga urinish” alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi