12:37 / 10.10.2017
5 836

Fransiyaning Lion shahri markaziga mingga yaqin qo‘y olib chiqildi

Fransiyaning Lion shahri markaziga mingga yaqin qo‘y olib chiqildi
Fransiyalik chorvadorlar Lion shahrining qoq markazida joylashgan Belkur maydoniga mingtaga yaqin qo‘yni bo‘rilarning chorvaga hujum qilishi yuzasidan hukumat yetarlicha chora ko‘rmayotganiga norozilik sifatida olib chiqishdi. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar berdi.

Fermerlar ularga bo‘rilarni otish huquqi berilishini talab qilishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, 2016 yilda bu yirtqichlar Fransiya hududida 10 mingga yaqin qo‘yni bo‘g‘izlab ketgan. Fermerlar yurishi kunning yarmida boshlangan va ular o‘z talablarini bildirish uchun shahar prefekturasi tomon yo‘l olishgan. Aksiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari kasaba uyushmalari milliy federatsiyasi va Qo‘ychilik milliy federatsiyasi tomondan tashkil etildi.

Fermerlarning noroziligiga bo‘rilarni otish bo‘yicha 2018-2023 yillarga belgilangan milliy reja sabab bo‘ldi. Fermerlarning fikricha, bu reja yetarlicha miqdorda bo‘rilarni yo‘q qilishga imkon bermaydi. Franceinfo’ning ta’kidlashicha, bu rejada 2017 yil 1 iyulidan 2018 yil 30 iyunigacha 40 ta bo‘rini yo‘q qilishga ruxsat berilgan. Fermerlar esa o‘z chorvasini doimiy ravishda himoya qilishni talab qilmoqdalar.

Rejada bo‘rilar hujum qilganda iloji boricha ularni qo‘rqitish uchun havoga o‘q uzish lozimligi ko‘rsatilgan.

Fransiyada bo‘rilar 1930-yillar boshida deyarli qirilib ketgan. 1990-yillarda ular yana ko‘payishni boshlab, hozirgi vaqtda rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra 360 ga yaqinni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyaning Lion shahri markaziga mingga yaqin qo‘y olib chiqildi