
Iroqning Al-Havija tumanida 40 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.
Iroqning Kerkuk viloyatiga qarashli Al-Havija tumanidagi qishloqlarda Iroq mudofaa kuchlari tomonidan 40 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi.
Iroq mudofaa kuchlari qo‘mondoni Zaki Kamol bergan bayonotga ko‘ra, Al-Havija tumani hududida joylashgan Rashod qishlog‘idagi qamishzorda yashiringan 40 nafar terrorchi o‘ldirilgan.
Iroq armiyasi IShID jangarilari nazorati ostidagi Al-Havija ozod etishga qaratilgan hujumlarni boshlagach, IShID jangarilari mag‘lubiyatga uchragan, bir qismi boshqa hududlarga qochib ketishga ulgurgan edi.
Bir so‘z bilan aytganda, Al-Havija avvalroq Iroq mudofaa kuchlari tomonidan “tozalangan” edi. Mazkur hududga tinch aholi vakillari kelib o‘rnashayotgan paytda jangarilarning yana paydo bo‘lishi Iroq harbiylarini sergak tortishga majbur qildi.
Ma’lumot uchun, Al-Havija Iroq mudofaa kuchlari tomonidan oktyabr oyining boshida IShIDdan butunlay ozod etilgan hudud, deyub e’lon qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar