11:43 / 12.10.2017
4 397

AQSh “Hizbulloh” yetakchilariga “qimmatbaho qidiruv” e’lon qildi

AQSh “Hizbulloh” yetakchilariga “qimmatbaho qidiruv” e’lon qildi
AQSh hukumati Eron tomonidan moliyalashtirilishi iddao etilayotgan Livandagi ham harbiy, ham siyosiy kuchga ega bo‘lgan “Hizbulloh” tashkilotining qo‘mondonlari —Talal Hamiya va Fuad Shukrning qo‘lga olinishida yordam beradigan ma’lumot evaziga katta miqdorda mukofot joriy qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

AQSh tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Adolat uchun mukofot” dasturi doirasida “Hizbulloh” tashkilotining qo‘mondonlari Talal Hamiya qo‘lga olinishida yordam beradigan ma’lumot uchun 7 million va Fuad Shukr uchun esa 5 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot joriy etilganligi ma’lum qilindi.

Talal Hamiya — “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrallohning ishongan xodimlaridan biri bo‘lib, u terrorchilik tashkilotining ichki va tashqi faoliyatini nazorat qiladi.

Fuad Shukr bo‘lsa “Hizbulloh” tashkilotining mudofaa ishlari bo‘yicha katta rutbaga ega shaxs bo‘lib, Hasan Nasrallohning harbiy maslahatchisi hamdir.

AQSh hukumati tomonidan “Hizbulloh” tashkiloti 1997 yilda terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.

Ma’lumot o‘rnida, “Hizbulloh” terrorchilik tashkiloti — 1982 yilda Livanda tashkil etilgan, harbiylashtirilgan shia tashkiloti va siyosiy partiya bo‘lib, AQSh, Kanada, Misr, Isroil, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya va boshqa bir qator davlatlar tomonidan terrorchilik tashkilot sifatida tan olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh “Hizbulloh” yetakchilariga “qimmatbaho qidiruv” e’lon qildi