Prezident Almazbek Atamboyevning Rossiyaga 2017 yil iyundagi davlat tashrifi davomida Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzlarini muddatidan oldin va birato‘la kechib yuborish haqidagi bayonnoma imzolangan edi.
Bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida parlament ko‘rib chiqishiga kelib tushgan qonun loyihasida bu haqda so‘z yuritiladi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.
Qonun loyihasining tashabbuschisi – Moliya vazirligiizoh berishicha, 2012 yilda Rossiya Qirg‘izistonning 488,9 mln AQSh dollari summasidagi barcha qarzlarini kechib yuborishga rozilik bildirgan. 2013 yilda Rossiya 188,9 mln dollardan kechib yubordi. Bitimga ko‘ra, qolgan 300 mln dollar 10 yil davomida – 2016 yildan 2025 gacha – har yili 30 mln dollardan kechib yuborilishi lozim edi.
2017 yil 20 iyunda, prezident Almazbek Atamboyevning Rossiyaga tashrifi vaqtida QRning RF oldidagi 2012 yildan buyon qarzdorligini tartibga solish haqidagi bitimga bayonnoma imzolandi. Bayonnomani ma’qullash qarzdorlikni muddatidan olddin va birato‘la qisqartirish imkonini beradi. Bu bilan, hozirgi vaqtda Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasi oldida mavjud bo‘lgan qarzi bekor qilinadi.
Moliya vazirligida ta’kidlashlaricha, 240 mln dollar hajmidagi qarzning birato‘la kechib yuborilishi davlatning YaIMga nisbatan tashqi qarzi darajasini 3,8%ga qisqartiradi. Bitim kuchga kirishi uchun, davlat ichidagi taomillarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi