
Xitoyda terrorchilarga qarshi lazerli qurol ixtiro qilindi va u bir soniya davomida 200 metr uzoqlikni aniq nishonga olishi bilan sifatlanmoqda. Bu haqida Global Times nashri xabar berdi.
Qurol Hongfeng kompaniyasi tomonidan CASIC korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo’lib, Xunan provintsiyasida sinovdan o’tkazildi.
Boshqa qurollarga nisbatan ushbu ixtiro tezroq va aniqroq o’q otishi ma’lum qilinmoqda. Qurol shovqinsiz ishlaydi va o’zidan yorug’lik tarqatmaydi. Ixtirochilar so’zlariga qaraganda, qurol foydalanish uchun ham qulay ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
2015 yilda Lockheed Martin kompaniyasi lazerli qurol imkoniyatlarini namoyish etib, uning yordamida 2 kilometr uzoqlikdagi avtomobil dvigateli ishini to’xtatishga erishgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar