14:19 / 16.10.2017
4 831

Somalida qurbonlar soni 300 kishidan oshib ketdi

Somalida qurbonlar soni 300 kishidan oshib ketdi
Somali poytaxti Mogadishoda ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda Reuters tez yordam xizmati rahbari Abduqodir Abdurahmonning bayonotiga asosan.

«Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, portlash natijasida 300 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar soni yana ortadi, sababi ba’zi kishilar hamon bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda», - dedi u.

Avvalroq Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetgani xabar berilgandi.

14 oktyabr kuni Mogadishoda portlovchi qurilma bo‘lgan yuk mashinasi portlatildi. Terakt mamlakat tarixidagi eng yirikka aylandi, respublika prezidenti Muhammad Abdullohi Muhammad Somalida uch kunlik motam e’lon qildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somalida qurbonlar soni 300 kishidan oshib ketdi