
AQSHning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Eyla Kempbell hamisha parashyutdan sakrash qanday ekanligi bilan qiziqardi. U o’zining 94 tug’ilgan kunida aynan shu narsani sinab ko’rishga qaror qildi.
Ayolning qarindosh-urug’lari uning g’oyasini qo’llab-quvvatlash bilan cheklanmay, unga xamrohlik ham qilishdi. Buvisining fikridan ilhomlangan Sara ismli nabirasi va Jess ismli chevarasi ham ushbu sarguzashtni boshdan kechirish uchun parashyutdan sakradilar. Ayollarning har biri alohida, mutaxassis bilan xamrohlikda havoda parvoz qilgan.
Eyla o’z sarguzashti yakunida ushbu mashg’ulot juda ajoyib va hayajonli ekanligini aytdi. Agar salomatligi ko’tarsa, ushbu tajribani yana bir bor takrorlashga tayyor ekanligini ham qo’shib qo’ydi, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar