Xitoydagi McDonald’s tez ovqatlanish tarmoqlari Jingongmen deb ataladigan bo‘ldi. Bu “Oltin ark” ma’nosini bildiradi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Telekanal yangilik bo‘yicha Xitoy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikrini o‘rgangan. Ayrimlar McDonald’s endilikda xitoychada mebel saloni kabi nomlanib, taomlarning iste’molga yaroqli ekanini shubha ostiga qo‘yadi, deb hisoblamoqda. Boshqa foydalanuvchilar xorijiy brend uchun mos kelmagani, balki Xitoyning davlat korxonasiga o‘xshab qolganini ta’kidlashmoqda. Boshqa birlari Jingongmen yoqimsiz eshitilishini aytishmoqda.
CNN telekanalining aniqlik kiritishicha, restoranlar tarmog‘ining nomi o‘zgargani uning taomlari ham o‘zgarganini anglatmaydi. Shanghaydagi restoranlar tarmog‘i vakili o‘zgarishning uning yangicha nomlanishiga doir ekanini, savdo belgisi saqlanib qolishini bildirdi.
Joriy yil yoz oylarida McDonald’s Xitoydagi 80 foiz biznesini sotishini e’lon qilgan edi. Xitoyning CITIC Group yirik davlat investitsiya korporatsiyasi va Amerikaning Carlyle Group investitsiya jamg‘armasi hamkorlikda 2,08 mlrd evaziga mashhur restoranlar tarmog‘ini xarid qildi. McDonald’s 20 foiz miqdordagi ulushini saqlab qoldi. Kelishuv 20 fil mobaynida amal qiladi. Kelgusi 5 yil mobaynida Xitoy va Hongkongda 1,5 ming yangi restoranlar ochish rejalashtirilgan. Bu yerda shu vaqtga qadar 2,8 ming restoran ishlab keladi.
Umumiy hisobda McDonald's brendi ostida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 36 mingdan ortiq tamaddixona faoliyat yuritadi. Ular har kuni qariyb 70 mln kishiga xizmat ko‘rsatadi. AQSHning o‘zida 14 mingga yaqin McDonald's bor. Ularning taxminan 90 foizi franshiza asosida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”