Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan Soipov 2010 yilda birga yashagan oila ro‘y bergan hodisaga ishonmayapti. Bu haqda «Cincinnati» nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Sayfullo Soipov 2010 yilda Ohayo shtati Sinsinnati shahri yaqinida oilasining tanishlari bo‘lgan insonlarning uyida ikki hafta davomida yashagan. Oilaning so‘zlariga ko‘ra, terakt haqidagi yangiliklarni ko‘rib, ro‘y bergan holatga ishonishmagan.
“U juda vazmin inson edi. Har doim ishlardi. U kechki bazmlar yoki boshqa joylarga bormasdi. Uyga kelardi, hordiq chiqarardi hamda yana ishga jo‘nab ketardi”, - deya aytib o‘tgan Dilnoza Abdusamatova. U Soipov uylarida yashaganda hali o‘smir qiz bo‘lgan.
Nashrning xabar berishicha, 2011 yilda Soipov Ohayodan bo‘lgan oila yashaydigan manzil bo‘yicha biznesni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Oilaning iddao etishicha, biznes haqida hech narsani bilishmagan va bu holatdan hayratga tushishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Soipov uydan ko‘chib ketgach u bilan gaplashishmagan.
Soipovning qo‘shnisi bo‘lgan, yo‘lning narigi betida yashagan ayol esa uni fotosuratdan tanigan hamda “u odamlarga qo‘shilishni unchalik yoqtirmagani”ni aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi