08:41 / 02.11.2017
6 847

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi ko‘l baliqlari bilan birga yer ostiga g‘oyib bo‘ldi

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi ko‘l baliqlari bilan birga yer ostiga g‘oyib bo‘ldi
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Vyazinovskiy tumanida joylashgan chuqurligi 20 metr bo‘lgan Sakansi ko‘li yer ostiga g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Uning tushuntirishicha, bu hodisa mazkur tumanda kechayotgan karst hosil bo‘lish jarayoni tufayli yuz bergan.

Gruntning yuvilib ketishi natijasida bo‘shliqlar hosil bo‘lgan va ko‘lning suvi baliqlar bilan birga bo‘shliqqa tushib ketgan. Ko‘lga bundan keyin nima bo‘lishi hozircha noma’lum. Bo‘shliq joylar to‘lganidan so‘ng ko‘lning yana o‘z holiga qaytish ehtimoli bor. Hozirgi vaqtda ko‘lning o‘rnida faqat chuqurlar qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Vladimir viloyatidagi ko‘l baliqlari bilan birga yer ostiga g‘oyib bo‘ldi