15:27 / 09.11.2017
16 654

Dahshat! 9-sinf o‘quvchisi yashirincha tuqqan chaqalog‘ini axlatga tashlab yubordi

Dahshat! 9-sinf o‘quvchisi yashirincha tuqqan chaqalog‘ini axlatga tashlab yubordi
Rossiyaning Tula viloyatida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi onasining maslahatiga quloq tutib, yashirincha dunyoga keltirgan o‘g‘lini axlat xaltasiga solib, yaqin oradagi axlattepaga tashlab yubordi, deb yozadi «MK.ru»ga asosan Daryo nashri.

15 yoshli qiz va uning onasi chaqaloqning tug‘ilishi oila uchun katta yuk bo‘ladi degan xulosaga kelib, bolaning jasadini esa hech kim sezmaydi, deb o‘ylagan, chunki qishloqdan haftalar davomida axlat olib chiqib ketilmaydi.
Ammo har kuni ozuqa topish maqsadida konteynerlarni titadigan mahalliy fuqarolardan biri chaqaloqning jasadini topib oldi va butun qishloqni boshiga ko‘tardi.

Mahalliy fuqarolar aytishicha, qizning ota-onasi ichkilikboz bo‘lgan va farzandiga yetarlicha e’tibor bermagan. Qiz esa bolasining otasi kimligini bilmagani uchun, o‘z homiladorligini hammadan yashirgan.
Chaqaloq esa havo sovuqligi tufayli o‘sha kechasiyoq nobud bo‘lgan. Mish-mishlarga ko‘ra, qizning ota-onasini ota-onalik huquqidan mahrum qilishmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dahshat! 9-sinf o‘quvchisi yashirincha tuqqan chaqalog‘ini axlatga tashlab yubordi