
Moskva g‘arbidagi Novo-Peredelkino tumanining 37 yoshli fuqarosi 9-qavatdan yiqilib tushib omon qoldi va politsiyani yordamga chaqirdi. Biroq huquq-tartibot xodimlari yetib kelganida u bo‘lgan voqeani eslay olmadi. Bu haqda «360» telekanali ma’lumotiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Noxush hodisa 12 noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Erkak uyida yolg‘iz ichib o‘tirgan va derazadan yiqilib tushgan. Shundan so‘ng u yana uyiga ko‘tarilib, «ziyofat»ni davom ettirgan va «02»ga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiyachilar aytilgan manzil bo‘yicha kelganida u nima sababdan huquq-tartibot xodimlarini chaqirganini eslay olmagan. Voqea joyiga kelgan shifokorlar uning ko‘krak qafasi va boshqa a’zolariga shikast yetganini aniqlagan hamda uni shifoxonaga olib ketgan.
Hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar