Afg‘onistonning Juzjon viloyatidagi Shibirg‘on shahrida xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik tashkilotining yuqori nufuzli dala qo‘mondoni Sherzod Anvarovni qo‘lga olishdi. Xabar qilinishicha, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan bu shaxs IShIDning 36 jangarisiga rahbarlik qilgan.
Juzjon viloyati ma’muriyati vakili Muhammad Rizo G‘afforiyning xabar berishicha, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan dala qo‘mondoni Sherzod Anvarov Shibirg‘on shahrida ushlangan.
«U IShIDning Juzjon viloyatidagi yetakchilaridan biri bo‘lgan. Tergov davomida u IShIDning Juzjondagi dala qo‘mondonlaridan biri sanalishini tan oldi. Sherzod Anvarov Shibirg‘on orqali Markaziy Osiyodagi respublikalardan biriga chiqib ketishni rejalashtirgan. Biroq, u aynan qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lgani hozircha aniqlanmadi», – deya xabar bergan Muhammad Rizo G‘afforiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Juzjon viloyatida IShIDning asli kelib chiqishi afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik bo‘lgan bir necha dala qo‘mondoni bor.
«IShIDning Juzjon viloyatidagi faoliyati uchun afg‘onistonlik Qori Hikmat, Mufti Ne’mat va o‘zbekistonlik Sherzod Anvarov javobgar sanaladi. Sherzod Anvarov – IShIDning so‘nggi vaqt ichida qo‘lga olingan uchinchi jangarisi. Avvalroq Bag‘lon va Sangan viloyatida mahalliy politsiya tomonidan terrorchilik guruhining yana ikki jangarisi – Muqim hamda Xushmuhammad qo‘lga olingandi», – deya aytib o‘tdi Muhammad Rizo G‘afforiy.
Manba: kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi