Xitoyning Pekin shahrida bog‘cha tarbiyachisi o‘z tarbiyasi ostidagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi. Tarbiyachi o‘z aybini tan olgan va haqiqatdan ham bolalarga tikuv ignalarini sanchganini tasdiqlagan. Tarbiyachi ushbu harakatni bolalar o‘z vaqtida uxlash uchun yotmagan vaqtda amalga oshirganini ma’lum qilgan.
Ushbu voqealarga 22 noyabr kuni bolalarning ota-onalari tomonidan politsiyaga murojaat qilingach chek qo‘yilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan bolalarga tarkibida bola sog‘ligiga zarar yetkazadigan suyuqlik berilgani ham ma’lum qilingan.
Bolalarning tanasida nina izlari aniqlangan va internet tarmog‘ida ham bu holat aks etgan videolavhalar tarqalgan.
Murojaatdan so‘ng ichki ishlar idoralari xodimlari ma’lumotlarni aniqlashtirishga kirishgan. Xitoy ta’lim vazirligi bu holat ustidan nazorat olib bormoqda.
Kecha, 28 noyabr kuni Xitoy politsiyasi tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Unda ko‘pchilik ayblovlar to‘qib chiqarilgani qayd etilgan.
Biroq 22 yoshli Lyu ismli bog‘cha tarbiyachisi bolalarni uxlatish uchun tarbiyalash maqsadida ignalardan foydalanganini tan olgani ma’lum qilingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytildi.
Politsiya ommaviy suyuqlik ichirish yuzasidan ma’lumotni tekshirgan va bu ayblov asossiz ekani tasdiqlangan. Ushbu mish-mishlar ikki nafar ayol tomonidan tarqatilgani, ularga nisbatan ma’muriy ish ochilgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi