11:20 / 04.12.2017
8 415

Kievlik yigit SMSlar sabab sevgan qizini bo’g’ib o’ldirdi

Kievlik yigit SMSlar sabab sevgan qizini bo’g’ib o’ldirdi
Kievlik 23 yoshli yigit 16 yoshli sevgan qizini tinmay SMS yozib, bezor qilgani uchun bo’g’ib o’ldirdi. Juftlik orasidagi janjal ham aynan shu sabab kelib chiqqan.

Yigit ayni paytda qizning o’zi birinchi bo’lib unga pichoq tiragani, u esa o’zini himoya qilish maqsadida qizni bo’g’ib qo’yganini aytib, o’zini oqlashga harakat qilmoqda. Uning aytishicha, Serafima ismli sevgan qizini tasodifan o’ldirib qo’ygan va qo’rqib ketgani uchun jasadni uyidan 200 metr uzoqlikdagi tashlandiq yerto’laga yashirgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda qiz jasadi dafn qilingan, yigitni esa 7 yildan 15 yilgacha bo’lgan qamoq jazosi kutmoqda.

Serafima yo’qolganidan keyin yigit uni katta miqdordagi pul bilan g’oyib bo’lganiga, barchani, hatto qizning onasini ham ishontirgan.

Ammo ko’rsatma berishda adashib ketishi oqibatida politsiya xodimlari uni yolg’onlar detektorida tekshirib ko’rishga qaror qildilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kievlik yigit SMSlar sabab sevgan qizini bo’g’ib o’ldirdi