
Buxarestda 25 yoshli qiz boshqa bir yo’lovchi tomonidan poezd relsiga itarib yuborilgani sabab vafot etdi. Xabarda aytilishicha, bu holat kuzatuv kameralarida tushib qolgan va u yerda ikki ayolning janjallashib turganini ko’rish mumkin.
Birinchi yo’lovchi ikkinchisini relsga itarib yuborgach, uning platforma chetidan ushlab qolganini ko’rib, qizning qo’liga tepadi va qiz yaqinlashib qolgan poezd ostida halok bo’ladi.
Avvaliga yo’lovchilar Alina Chyukuning o’limini o’z joniga qasd qilish holati deb qabul qilishgan, ammo kameralar tasviri tekishirilgach, bu o’z joniga qasd qilish emas, qotillik ekani ma’lum bo’ldi.
Xabarda aytilishicha, 36 yoshli jinoyatchi politsiya tomonidan qo’lga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar