9 381
Terrorchiga turmushga chiqqan qozog‘istonlik ayol aslida jangarilar qanday yashashini aytib berdi
Ayol o‘zini Aynur deb tanishtirdi. Mutasaddilarning aytishicha, Aynurga kerakli psixilogik va huquqiy yordam ko‘rsatilyapti. Hozirda to‘rt farzandning onasi bo‘lmish Aynurni noyabr oyi o‘rtalarida maxsus reys bilan Suriyadan Grozniy shahriga olib kelishdi. U yerdan vatani Qozog‘istonga jo‘natishdi.
Aynurning aytishicha, terrorchini sevib qolib, u bilan birga Suriyaga ketib qolgandi. Turmush qurishgan…
Uni deb Aynur ota-onasiga bildirmay, Pokistonga jo‘nagan. O‘sha yerda jangari bilan turmush qurgan. Pokistonda ikki farzandni dunyoga keltirgan. Keyin eri bilan birga Turkiyaga jo‘nagan. 2015 yili videoroliklar orqali dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangarilar guruhi haqidagi tashviqot, targ‘ibotlarni tomosha qilib, yana erining talabi bilan unga ergashgancha Suriyaga yo‘l olgan. Roliklarda aytilgandiki, jangarilar joylashib, o‘zlaricha go‘yo xalifat tuzgan makonda hamma shariat qonunlari asosida yasharkan, tibbiy yordam tekin ekan, uy-joy berilarkan…
— Men hayotimdagi kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yganimni Suriyaga borganimdan keyin anglab yetdim, — deydi Aynur. — To‘g‘ri, jangarilar turar-joy uchun pul olishmasdi. Maosh ham belgilashgandi. Lekin ular bergan pulga sira yashab bo‘lmasdi. Erim bilan Rakka shahrida yashadik. Videoroliklarda namoyish etilgan go‘zal hayot, ajoyib shart-sharoitlar aslida afsona ekan. Agar jangarilarning so‘zini qaytarsangiz, buyruqqa bo‘ysunmasangiz, tamomsiz. Yo turmaga tashlashadi, yo o‘sha yerning o‘zida otib o‘ldirishardi. Erkaklarga Rakkadan tashqariga chiqish yo‘llari yopib qo‘yilgan.
Dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangarilar guruhi shariat qonunlariga umuman amal qilmasdi. Ularning o‘z qonuni bor edi. Xayriyatki, erim meni bir guruh odamlarga qo‘shib qo‘ydi. Bekitiqcha maxsus yollangan kishi bizni Latakiyagacha yetkazdi. U yerdan Grozniyga, Grozniydan vatanim Qozog‘istonga keldim. Ayni paytda G‘arbiy Qozog‘istondagi Uralsk shahrida ota-onam bilan birga yashayapman. Kenja o‘g‘lim endi 4 oylik bo‘ldi…
Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari, mutasaddilar Aynur jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ta’kidlab o‘tishdi.
— U jangari kallakesarni sevib qolib, — dedi mutasaddilardan biri Sayalbek Gizzatov. — Uning ortidan Suriyaga ketgan. Lekin Aynur jang qilish uchunmas, oila qurish niyatida tavakkal qilgan. Aynur salafizm jabrini tortgan munisa ayol. Biz bu ayolga kerakli yordamlarni albatta ko‘rsatamiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi