20:22 / 23.12.2017
6 041

«O‘xshamadi». Qodirov instagramdagi sahifasi bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi

«O‘xshamadi». Qodirov instagramdagi sahifasi bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov instagramdagi sahifasi yo‘qolib qolgani bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. U bu boradagi tegishli bayonotni Telegram-kanalida e’lon qilgan.

«Shanbaga o‘tar kechasi instagramdagi sahifam yo‘qolib qoldi. Akkaunt rasmiy maqomdan darak beruvchi belgiga ega bo‘lgan, shuning uchun instagram xavfsizlikni ta’minlashga majbur edi. Biz shunchaki qiziqish tufayli qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildik, biroq javob kelmadi. Aniqki, boshqa hech kim bu ishni qila olmagan bo‘lardi», - deya yozdi Checheniston rahbari.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, undan keskin bayonotlarni kutishgandi, biroq «o‘xshamadi».

«Men bu tarmoqni tark etish haqida anchadan beri o‘ylayotgandim. Biroq, bu do‘stlarim va obunachilar oldida yaxshi bo‘lmaydi, deb hisoblardim, sababi menda instagram va feysbukda 4 mln.dan ortiq obunachi bor edi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Shu bilan birga, Qodirovning ta’kidlashicha, «VKontakte», tvitter va Telegram’da uning sahifalari hali ham bor.

«Ha, instagramning bunday harakati g‘alati ko‘rinmoqda, u shu paytga qadar rasmiy Vashingtondan mustaqil ekanini bildirishga urinib kelgandi. Hozirgi holat esa AQSh Moliya vazirligi sanksiyalari e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay yuz berdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirovning Instagram va Facebook’dagi sahifalari yopib qo‘yilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «O‘xshamadi». Qodirov instagramdagi sahifasi bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi