
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
«Sizlar bilasizlarki, kecha Peterburgda terrorchilik hujumi amalga oshirildi», - deya aytdi Putin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi supermarketda ro‘y bergan portlash oqibatida umumiy hisobda 13 kishi jabrlandi.
Sankt-Peterburgda 27 dekabr kechki vaqt Kondratev ko‘chasidagi “Peryokrestok” do‘konida portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga kuchliligi 200 gramm trotil moddasiga teng bo‘lgan va jarohatlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan bir necha kishining hayotiga suiqasd qilishga urinish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar