
Moskva shahrida, Qizil maydondan 300 metr uzoqlikda joylashgan Nikolskiy ko‘chasida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Moskva shahar IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki kishi jarohatlangan. O‘q uzgan shaxs qidirilmoqda. Otishma haqida politsiyaga Moskva vaqti bilan soat 22:32 da xabar kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zaro janjal oqibatida noma’lum shaxs o‘q uzib, ikki kishini yarador qilgan. Otishmadan keyin u voqea joyidan yashiringan.
Manbaning xabar berishicha, voqea joyi yaqinida bar bo‘lgan, mastlik oqibatida janjal chiqqani taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar