
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o’zidan 24 yosh katta rafiqasi Brijit Makron Vogue jurnali tomonidan tuzilgan “Yilning o’ziga hos uslubga ega 10 ayoli” ro’yxatidan joy oldi.
Xabarda aytilishicha, 64 yoshli Makron xonim Louis Vuitton modalar uyi liboslari va fransuz brendlari shaydosi.
Shuningdek, mazkur ro’yxatdan aktrisa Nikol Kidman, Natali Portman, xonanda Rianna va Emma Stounlar ham o’rin olishgan.
Eslatib o’tamiz, Brijit Makron Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi. Uning asl kabi fransuz va lotin tili o’qituvchisi bo’lib, siyosatchi bilan qurgan turmushi uning uchun ikkinchisi hisoblanadi.
Juftlik 2007 yili nikohdan o’tishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar