AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildiki, bir necha kundan buyon ommaviy namoyishlar o‘tkazayotgan Eron xalqi nihoyat «beshafqat va buzuqi» hokimiyatga qarshi turmoqda.
«Eron xalqi va nihoyat shafqatsiz va buzilgan rejimga qarshi choralar ko‘rmoqda», deya yozdi Oq uy rahbari tvitterdagi sahifasida.
U shuningdek, «Prezident Barak Obama ma’muriyati davrida Eronga berilgan barcha pullar terrorizmni qo‘llash uchun sarflangani»ni qayd etib o‘tgan.
«Odamlarda ovqat yo‘q, katta inflyatsiya yuzaga kelgan, odamlarning huquqlari toptalgan. AQSh barchasini kuzatib bormoqda!», deya yozgan prezident.
Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28 dekabr kuni mamlakatdagi eng yirik shaharlardan biri Mashhadda boshlangandi. 200 nafar kishidan iborat aksiya ishtirokchilari tuxum narxlari keskin ko‘tarilishidan norozilik bildirishgandi. Politsiya aksiya ishtirokchilarining 52 nafarini hibsga olgach, 29 dekabr kuni mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham namoyishlar to‘lqini ko‘tarildi.
O‘tgan vaqt davomida politsiya bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar davomida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, hukumat 450 nafardan ortiq namoyishchini qo‘lga oldi. Hukumat qo‘lga olinganlarni qattiq jazo kutayotganini ma’lum qildi.
Dushanba kuni Islom inqilobi soqchilari korpusi rasmiy vakili ma’lum qildiki, politsiya va xavfsizlik kuchlari ko‘p joylarda vaziyatni qo‘lga olgan.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengash kotibi Ali Shamxoniy mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan «bevosita urush» doirasida bo‘lib o‘tayotgani haqida ma’lum qildi. U Erondagi norozilik namoyishlari ortida AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni turganini ta’kidlab o‘tdi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi