Eron Inqilob soqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Ja’fariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyishlari yakunlangani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlari korpus matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
«2017 yilning oxirgi kunlarida boshlangan namoyishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi... Namoyishlarga chiqqanlar soni kamchilikni tashkil etdi. Har bir shaharda o‘rtacha 1,5 ming kishi namoyishga chiqqan. Barcha shaharlardagi namoyishchilar soni 15 ming atrofida bo‘ldi», degan u.
U shuningdek, ushbu tartibsizliklarda yana bir bor Vashington, Tel-Aviv va Ar-Riyodni ayblagan.
«AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni IShID jangarilariga Eron hududiga kirib, qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishga buyruq bergandi», degan Ja’fariy.
U namoyishlar tashkilotchilari sifatida qo‘lga olinganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, oyatulloh Ali Xomaneiyga sodiq kuchlar Isfahon, Luriston va Hamadon viloyatlarida namoyishlarni to‘xtatgan.
28 dekabr kuni kechqurun Mashhadda 200 kishi tuxum narxi keskin ko‘tarilishiga javoban norozilik aksiyasi o‘tkazgandi. Politsiya ularning 52 nafarini hibsga oldi. Keyingi kunda norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi.
Eron hukumati namoyishchilar muvofiqlikda harakatlana olmasligini ta’minlash maqsadida Instagram va Telegramni bloklab qo‘ydi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, 6 kun davom etgan tartibsizliklar vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 1000 nafardan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Bugun, Eronning bir qancha shaharlarida hukumat tarafdorlari tinch namoyishlarga chiqishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas