18:08 / 05.01.2018
5 053

Rossiyada ilk marotaba qordan yasalgan mehmonxona ochildi

Rossiyada ilk marotaba qordan yasalgan mehmonxona ochildi
Rossiyaning Qizil Polyana etnoparki hududida ilk marotaba qorli mehmonxona ochildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Uning qurilishida asosiy qurilish materiali sifatida Kavkaz yonbag‘irlaridan olib kelingan toza qor xizmat qildi. Toqqa nafaqat chang‘i trassalarida uchish uchun kelgan chang‘ichilarga, balki sayyohlarga ham chinakam shimol bug‘ularida sayr qilish taklif etildi. Bug‘u fermasidagi Shimoliy ekzotika kamlik qilganlarga “Gazprom” Rossiyada yagona bo‘lgan qorli mexmonxonani ochdi.

Uning eskimoslarning oddiy qorli uyidan farqi hajmidadir: shiftining balandligi 5 metr atrofida, devorlarning qalinligi esa 2 metrni tashkil etadi. Bu esa bino ichida yetarlicha qulay haroratni yaratadi. Mehmonlar uchun ulkan ayiq terisi yopilgan karavotlar ham qo‘yildi.

Mehmonxona endigina ochilganiga qaramay, bir necha hafta oldindan band etilmoqda. Sayyohlar ataylab qorli mehmonxonani tomosha qilish uchun turli shaharlardan tashrif buyurishdi. Bu yerga kelish uchun asosiysi ob-havo sharoiti yaxshi bo‘lishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ilk marotaba qordan yasalgan mehmonxona ochildi