Internetda Shveysariyada kuchli shamol sababli poyezdning relslardan chiqib ketib, ag‘darilib ketgani videosi tarqaldi.
Voqea 3 yanvarda Lenk shahri yonida, Bern kantonida yuz bergan. Videoda kuchli shamol tufayli yo‘lovchi poyezdining birinchi vagoni ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin. Poyezd ag‘darilgach, yana bir necha metrga surib ketilgan. Voqea oqibatida 8 kishi jarohat olgan.
O‘sha kuni Shveysariyaga “Burglind” qishki bo‘roni yopirilgan. Shamol tezligi 200 km/soatgacha yetgan. Yomon ob-havo sharoiti tufayli mamlakatning ba’zi hududlarida avtomobil va temir yo‘l aloqasi to‘xtab qolgan, bir necha o‘nlab aviareyslar bekor qilingan va boshqa sanaga ko‘chirilgan. Deyarli 100 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolib ketgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas