09:10 / 07.01.2018
6 110

O’gay farzandini tarbiyalash maqsadida o’lgunicha kaltaklagan erkak butun umrlik qamoq jazosiga mahkum bo’ldi

O’gay farzandini tarbiyalash maqsadida o’lgunicha kaltaklagan erkak butun umrlik qamoq jazosiga mahkum bo’ldi
Michiganda istiqomat qiluvchi 32 yoshli Skott Jurevich 18 oylik o’gay farzandi Brendenning hayotiga nuqta qo’ygani uchun shartli yoki muddatidan avval ozod etish huquqlarisiz butun umrlik qamoq jazosiga mahkam etildi.

Erkak sud zalida o’z aybini rad etgan va shunchaki bolani manejga solishdan avval qattiq koyigani haqida aytgan.

Xabarda keltirilishicha, jinoyat sodir bo’lgan tunda bola uxlashni istamay, o’ynashni xohlagan. Erkak esa uni tarbiya qilish maqsadida bolakayni kaltaklab manej ichiga otgan. Oradan bir necha daqiqa o’tgach, borib hushsiz yotgan bolakayni karavotchasiga olib qo’ygan. Ertasi kuni esa kichkintoy uyg’onmagan.

Aniqlanishicha, erkak qutqaruv xizmatiga qo’ng’iroq qilgach, xizmat xodimlari kelib, uning bo’yin va bosh sohasi jarohatlaridan vafot etganligini tasdiqlashdi.

Eng qizig’i, erkak turmaga tushishdan avval yana bir ayol bilan uchrashib yurgan va uning 2 yoshli qizalog’i Skott bilan qoldirilgan paytda bolalar manejidan bo’g’ilib o’lgan holatda topilgan. Erkak ushbu qizaloqning o’limida ham ayblangan, ammo unga qarshi rasmiy ayblovlar keltirilgan.

Sud erkakni o’z emotsiyalarini ushlab tura olmaydigan telba deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O’gay farzandini tarbiyalash maqsadida o’lgunicha kaltaklagan erkak butun umrlik qamoq jazosiga mahkum bo’ldi