AQSh Kongressidagi respublikachilar partiyasi deputatlar ixtiyoriga immigratsiya to‘g‘ridagi yangi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu qonun loyihasida oilalarning qayta qo‘shilishini cheklash va Green Card lotoreyasini bekor qilish belgilangan.
“Amerikaning kelajagini ta’minlaydigan Akt” deb nomlangan bu qonun loyihasi, Meksika chegarasida to‘siq devorlar qurilishini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan.
Kongressning vakillar palatasi qo‘mita boshlig‘i Bob Gudlatning ta’kidlashicha, bu qonun loyihasi chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish, Green Card lotoreyasini bekor qilish va oilalarning qayta qo‘shilishini cheklashni belgilab beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, immigratsiya borasidagi yangi qonun loyihasi nolegal migrantlarga qarshi qonuniy chora ko‘rmaydigan shaharlariga nisbatan choralar ko‘rishni ham o‘z ichiga olgan.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu qonun Kongress tomonidan o‘zartirishlar kiritmasdan qabul qilinmaydi. Agar vakillar palatasi tomonidan qabul qilinganda ham Senat tomonidan rad qilinishi mumkin. Chunki bu qonunning qabul qilinishi uchun kamida to‘qqiz nafar demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas