17:56 / 12.01.2018
6 538

Yuraklarni titratgan surat: O’lim yoqasidagi qizaloqning bobosi achchiq haqiqatdan ko’z yosh to’kmoqda

Юракларни титратган сурат: Ўлим ёқасидаги қизалоқнинг  бобоси аччиқ ҳақиқатдан кўз ёш тўкмоқда
Suratdagi qizaloq 1 oygina avval yaqinlashib kelayotgan bayram shodligidan yeru ko’kka sig’mayotgan edi...

Onkologiya – dahshatli tushuncha, ayniqsa u bolalarga tegishli bo’lsa. Rojdestvo bayramiga bir necha kun qolganda qizaloqqa ichki shish tashhisini qo’yishdi. Bu saraton kasalligining eng og’ir va davosiz shakli. Qizaloqning ota-onasi uning hayoti uchun bor kuchlari bilan kurashgan holda hayriya fondlari yordamida pul yig’ib uni Meksikada davolatish uchun tayyorgarlik ko’ra boshladilar. Oila kerakli hujjatlarni tayyorlar ekan, Braylinning ahvoli og’irlashib bordi.

Qizaloqning onasi bolalar saratonining qanchalar og’ir dard ekanligini ko’rsatish maqsadida qizining suratlarini internet tarmog’i orqali e’lon qildi. Qizchaning yonida buning bobosi Shon Pitersonning yig’lab o’tirganini qo’rish mumkin. Shon Piterson harakat neyronlari kasalligi tufayli gapira olmaydi, ammo bu yerda ortiqcha so’zlarga hojat ham yo’q.

"Ularning ikkisi men bilgan insonlar orasidagi eng kuchlilari. Biz ularning barchamizdan ham ko’proq yashashlariga ishonar edik... Va albatta bebahomiz bo’lmish mittigina Braylinn bizni birinchi bo’lib tashlab ketishini tasavvur ham qilmagandik, – deydi qizning onasi Elli Parker. Qizaloqning onasi suratlarga qo’shimcha tarzda hayotining ikki qahramoni bo’lmish qizi va otasidan ayrilishi haqida tasavvur ham qila olmayotganini aytib o’tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuraklarni titratgan surat: O’lim yoqasidagi qizaloqning bobosi achchiq haqiqatdan ko’z yosh to’kmoqda