Mashhur kinoaktyor Stiven Sigalni nomusga tekkanlikda ayblashmoqda…

Mashhur kinoaktyor Stiven Sigalni nomusga tekkanlikda ayblashmoqda…
Aktrisa Regina Simons Stiven Sigal ustidan politsiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat etgan. Murojaatida u amerikalik prodyuser va aktyor bilan «O‘ta xavfli» deb nomlangan filmni suratga olish jarayonida tanishganini bayon qilgan.

— Men o‘shanda 18 yoshda edim. Filmning ommaviy sahnalarda suratga tushgandim, — deyiladi Simons xonimning arizasida. — Stiven Sigal film suratga olib bo‘lingach, meni o‘z uyiga bu ishni nishonlash uchun taklif qildi. Bordim. Afsuski, u meni aldagan ekan. Men bu nishonlash marosimida yagona mehmon ekanimni ichkariga kirgandan keyin bildim. Xuddi shu kecha u mening nomusimni poymol qildi…

Simonsdan tashqari model Faviola Dadis ham Stiven Sigalni nomusiga tekkanlikda aybladi. Bu ishni u 2002 yili amalga oshirgan ekan. Ammo aktyorning o‘zi bu ayblovlarga nisbatan hech qanday fikr bildirgani yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar