
Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan va bosh rollarni Meril Strip hamda Tom Xenkslar ijro etgan “Mahfiy hujjatlar” filmi Livan hukumatiga ma’qul kelmadi.
Mamlakat hukumati o’z hududida ushbu film namoyishini ta’qiqlab qo’ydi. Hodisa filmning Beyrutda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan premyerasidan bir necha kun avval sodir bo’ldi.
Xabarda aytilishicha, ushbu filmning ayrim sahnalari 1993 yilda Quddusda suratga olingan.
Shov-shuvli filmda “Vashington post” gazetasining ilk ayol noshiri Ketrin Grem va muharrir Ben Bredlining “Nyu-York tayms” bilan 30 yildan buyon sir saqlab kelinayotgan davlat sirlarini oshkor etish borasidagi raqobati haqida hikoya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar