
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatga kelayotgan muhojirlarning munosib insonlar orasida tanlab olinishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Endilikda Tramp AQSHda faqatgina mamlakatga yordam beruvchi insonlarni ko’rishni istashi haqida aytib o’tdi.
“Men prezident sifatida mamlakatga davlatning qaytadan kuchli va buyuk bo’lishi uchun ko’mak beradigan odamlarning o’z xizmatlariga munosib tarzda kelishlarini istayman. Lotoreyalar yetarli bo’ldi” deb yozdi Tramp o’zining Twitterdagi sahifasida.
Biroz avvalroq esa Green Card orqali mamlakatga boshqa davlatlar o’z hududida ko’rishni istamagan insonlarning qabul qilinishi va migratsiya inson xizmatlariga asoslanishi kerakligini aytgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing