5 103
Ramzan Qodirov qarovsiz qolgan 104 yoshli onaxonni Chechenistonga olib kelib, uy sovg‘a qildi
Joriy yilning yanvar oyi boshida Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi Chechenistonga va Dog‘istonga mamlakatning g‘arbida chechen millatiga mansub bo‘lgan dog‘istonlik 104 yoshli Madina Aliyeva topilganini ma’lum qilib, so‘rov yuborganlar.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ayol yordamga muhtoj bo‘lsa, oldin qayerda yashaganidan qat’i nazar uni Chechenistonga olib kelishini aytdi. Rossiyaning Ozarbayjondagi elchixonasida tashkiliy masalalar hal bo‘lgach, Qodirovning vakillari ayolni Chechenistonga olib kelishdi.
104 yoshli Madina Aliyeva Grozniyda o‘z uyiga ega bo‘ldi, uy Ahmad-Hoji Qodirov nomidagi fond tomonidan berildi. Ushbu xonadon Oktyabr tumanida joylashgan, ayolga kalit va hujjatlarni respublika rahbariyati topshirdi, deyiladi xabarda. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy barcha qulayliklarga ega, mebellar, zaruriy texnika va jihozlar mavjud.
Hukumat vakilining aytishicha, ayol Iordaniyada tug‘ilgan va butun umr o‘sha yerda yashagan. Keksalikka yetgach, ona yurti Chechenistonga qaytishga qaror qilgan, lekin pasporti, pullari va taqinchoqlarini o‘g‘irlatib qo‘ygan. Natijada, u yashash uchun hech qanday vositalarsiz qolib, Bakudagi Ona Tereza opa-singillari uyidan boshpana topgan. Ayol rus, chechen va ozarbayjon tillarini biladi.
Aliyeva bilan birga uyda uch yetim bolalar 22 yoshli Islom, 18 yoshli Xava va 16 yoshli Imon ham yashaydi.
“Ular keksa ayol haqida qayg‘urishadi, Hukumat Islomning ishga joylashishi va qizlarning keyingi o‘qishini davom ettirishlariga yordam beradi”, deya izoh berdi hukumat vakili. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi