Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga jangarilar hujum qildi. Ushbu hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 35 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi hujum vaqtida oynadan o‘zini pastga tashlagan edi.
Tolo News xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va maxsus xorijiy jangchilar mehmonxona ichkarisidan 30 kishini olib chiqqan. Shturm vaqtida ikki jangari o‘ldirilgan, mehmonxona ichkarisida yana jangarilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Kobul shimoli-g‘arbidagi tepalikda nikoh marosimi bo‘layotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Jangarilar ichkariga bostirib kirib, to‘yga yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan.
Yana bir manbaga ko‘ra, mehmonxonada bu vaqtda informatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilayotgandi.
Terrorchilar odamlarni garovga olgan bo‘lishi ham mumkin.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgan.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda