Rossiya Davlat Dumasi IShID sababli Telegram`ni bloklashni taklif qilmoqda

Rossiya Davlat Dumasi IShID sababli Telegram`ni bloklashni taklif qilmoqda
Rossiya Davlat Dumasi IShID sababli Telegram`ni bloklashni taklif qilmoqda

Rossiya Davlat Dumasida IShID jangarilarining faoliyati sababli Telegram mesenjeriga kirishga cheklovlar o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralmoqda. Bu haqda RIA “Novosti”ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

“Rossiya OAV xabarlarida IShID jangarilari tomonidan Telegram mesenjeridan tashviqot maqsadlarida foydalanilayotgan to‘g‘risidagi ko‘plab ma’lumotlar ko‘zga tashlanmoqda”, - deyiladi Rossiya Davlat Dumasi Konstitusion qo‘mitasi rahbari Aleksandr Ageevning maxsus xizmatlarga taqdim etgan murojaatida.

Deputatlar FXXdan mazkur ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish va ular o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, foydalanuvchilarning Telegram`ga kirishini cheklash imkoniyatlari ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar