
Rossiyada bironta ham oligarx qolmadi, endi mamlakatda ijtimoiy javobgarlikni his qiladigan biznesmenlar mavjud, degan bayonot bilan chiqdi Rossiya hukumati.
Rossiya Federatsiyasi ijroiya hokimiyati vakillarining fikriga ko‘ra, oligarxlar 1990-yillarning o‘ziga xos bir ko‘rinishi bo‘lgan va bugunga kelib butunlay barham topdi. Hozir Rossiyada faqat pul ishlab topish bilan shug‘ullanadigan emas, balki ijtimoiy javobgarlikni his qiladigan biznesmenlar qatlami shakllandi hamda ular mamlakatning rivojlanishi uchun qayg‘urishmoqda.
Ayni vaqtda bu biznesmenlarda vatanparvarlik kayfiyati ko‘tarinki va AQSh hukumati tomonidan joriy etiladigan sanksiyalar ularning hayotini murakkablashtirishidan cho‘chishmaydi.
O‘tgan yili AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasiga qo‘llanilgan sanksiyalarni kengaytirishga qaratilgan qonunni imzolagan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yil yanvar oyining oxiri yoki fevral oyining boshlarida Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarning e’lon qilinishi kutilmoqda.
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar