Afg‘oniston poytaxti Kobulda 27 yanvar kuni sodir etilgan terakt oqibatida 103 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yana 235 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Afg‘onistonda ushbu hodisa munosabati bilan motam e’lon qilindi.
Xabar berishlaricha, ichiga terrorchi-xudkush ichiga portlovchi uskuna o‘rnatilgan tez yordam mashinasini Afg‘oniston poytaxtidagi hukumat dahasi yaqinida portlatib yuborgan. Portlash Kobul shahrining Vazir Akbarxon deb nomlanuvchi diplomatik kvartalida yuz bergani aytilmoqda. Bu yerda xorijiy mamlakatlarning vakolatxonalari, Afg‘oniston hukumatining ma’muriy binolari joylashgan. Portlash natijasida ko‘plab binolar zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati o‘z zimmasiga olgan. Bir hafta oldin kishining umriga zomin bo‘lgan «Interkontinental» mehmonxonasidagi portlash ham ushbu harakat tomonidan uyushtirilgandi. Politsiya ushbu teraktga aloqadorlikda gumon qilib to‘rt kishini qo‘lga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi