
AQSHning Kaliforniya shtatidagi Nyuport-Bich shahridagi turar joy binosi ustiga vertolyot quladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Halokat oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Ulardan 4 nafari vertolyot bortida, bir kishi esa voqea yuz bergan joyda bo‘lgan. Hozircha ularning qaysi biri tirik qolganligi noma’lum. Ikki kishi travmatologiya markaziga yetkazilgan. Ayni paytda voqeaga oydinlik kiritilmoqda.
Nashrning xabar berishicha, vertolyot 2003 yilda Robinson Helicopter Co kompaniyasi tomonidan yasalgan. U dunyodagi fuqarolik vertolyotlarining eng mashhuri hisoblanadi. Yengil va arzon vertolyotlardan asosan parvoz qilishni o‘rgatuvchi maktablar, politsiya bo‘linmalari, ekskursiya kompaniyalari, fermerlar va havaskor uchuvchilar foydalanishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar