
Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y uchun og‘irligi 150 kilogramm keluvchi hashamatli tort tayyorlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz
Youtube’da e’lon qilingan videoda juda katta oq-pushti rangdagi tortni ko‘rish mumkin, uni maxsus taglikda birdaniga olti ofitsiant olib kirgan. Tortning og‘irligi 150 kilogramm keladi, balandligi esa taglik bilan qo‘shib hisoblaganda – taxminan 2,5 metr. Bunday qandolat shedevri o‘n qavatdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Chimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozog‘istonlik tadbirkor, Qozog‘iston prezidentining qarindoshi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning to‘yi uchun 179 ming dollarlik tort tayyorlangani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar