
35 yoshli Zeym Xalis Kosnan o’z singlisiga 13 metrli pitonni tutib, uni bozorga olib borish rejasi haqida gapirgan. Bir necha soatlik qidiruvlardan keyin esa Zeym Kuala-Langatdagi uyiga qaytar chog’da o’zi izlagan pitonni uchratib qoladi.
Erkak qo’lqop kiyib, o’roq bilan ilonni ilintirgan va uni qop ichiga solgan. Vaqtdan yutqazmaslik uchun esa o’ljasini darhol bozorga olib bormoqchi bo’lgan. Moped yo’lda harakatlanar ekan, piton qopdan chiqib ketgan va Zeymning atrofida o’ralasha boshlagan. Oradan bir muddat o’tmay esa erkak yerga yiqilgan.
Xabarda aytilishicha, Zeymni yo’lovchilar ko’rib qolishgan, keyin esa uning bo’ynida o’ralib turgan ilon borligini payqaganlar. Ular pitonni o’ldirganlariga qaramay, Zeym allaqachon jon taslim etib bo’lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar